Mirziyoyev Erdoʻgʻan yuborgan elektromobilni haydab koʻrdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻanning sovgʻasi — Togg elektromobilini qabul qilib oldi. Bu haqda Oʻzbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun Mirziyoyevga Turkiyada Togg brendi ostida ishlab chiqarilgan ilk milliy elektromobil taqdimot qilingan.
Erdoʻgʻan nomidan yuborilgan mashina kalitini Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank topshirgan.
Oʻzbekiston rahbari elektromobil ruliga o‘tirib, uni haydab ko‘rgan.






