Mirziyoyev va Nazarboyev bir-birini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

21-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida Mirziyoyev va Nazarboyev bir-birini muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklab, qardosh xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugungi yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.






