Mirziyoyev YEXHT DIIHB vakili bilan referendumni muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20-aprel kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YEXHT DIIHB) missiyasi rahbari Albert Yonssonni qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Referendumni yuksak xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etishning turli jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
“Missiya rahbari Albert Yonsson mamlakatning yangilangan Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan Yangi O‘zbekistonda demokratik yangilanishlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.






