Mirziyoyeva Abdurahmonov bilan Qo‘qondagi voqeani muhokama qildi

Kecha, 5-aprel kuni Saida Mirziyoyeva Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashdi. Uchrashuvda ta’lim sohasidagi masalalar haqida soʻz bordi.

Jumladan, Qo‘qon pedagogika institutida sodir bo‘lgan voqea hamda talaba qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish choralari muhokama qilindi.

Mirziyoyevaga koʻra, ta’lim tizimi har qanday zo‘ravonlikka qarshi kurashni boshlashimiz kerak bo‘lgan asosiy platformalardan biri hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval Qo‘qon pedagogika institutida qizlarning yotoqxonasiga yashirin kamera o‘rnatilgani maʼlum boʼlgandi.