Misr barcha karantin talablarini bekor qildi

Misr mamlakatga kirish uchun manfiy PZR-test ma’lumotnomasi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat mavjudligi haqidagi talabni bekor qildi.

Sayohatchilarga Misrga kirish uchun COVID-19 ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat yoki testlarini taqdim etish talab etilmaydi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qirg‘iziston 1-maydan boshlab manfiy PZR-testi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikati mavjudligi haqidagi talabni olib tashladi, mazkur talablar iyun oyida Qozog‘istonda hamda AQShda (faqat havo yo‘li oqrali) yo‘lovchilar uchun bekor qilingandi.

Ma’lumot uchun, 10-iyundan boshlab O‘zbekistonga kirib keluvchi ham xorijlik, ham mahalliy fuqarolar uchun koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar bekor qilindi. Unga ko‘ra, manfiy natijali PZR-test hamda kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat talab etilmaydi.