Misrda Fir'avn Ramses II haykali topildi

Misrda arxeologlar Heliopolisdagi Quyoshning Matariya ibodatxonasida olib borilgan qazishmalar davomida bir nechta fir’avnlarning haykallarini topdilar. Jumladan, qadimgi Misrning qudratli hukmdori Ramzes II (miloddan avvalgi 1279-1213) haykali ham bor, deb yozadi MailOnline.
"Ibodatxonaga Ramses II asos solgan, shuning uchun uning haykali ma'badda joylashgani ajablanarli emas", deyiladi xabarda.
Boshqa haykallarda Ramses IX (miloddan avvalgi 1126-1108), Xoremxeb (miloddan avvalgi 1323-1295) va Psammetix II (miloddan avvalgi 595-589) tasvirlangan.
Arxeologlar shuningdek, shaxsi hali aniqlanmagan fir’avnning haykalini ham topdilar. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, bu haykalning yoshi taxminan to'rt ming yil.






