MNG Airlines O'zbekistonga muntazam yuk qatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsat oldi

O'zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi hukumatlari o'rtasida havo qatnovi to'g'risidagi bitim asosida 2021-yil 26-may kuni "O'zaviatsiya" agentligi turk Respublikasi MNG Airlines aviakompaniyasiga 98-K-sonli ekspluatatsiya ruxsatini berdi, deya xabar beradi transport vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu qarorga muvofiq, MNG Airlines "Istanbul-Navoiy-Istanbul" yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasiga muntazam yuk qatnovlarini amalga oshiradi.

Aviakompaniya "Airbus 300-600", "Airbus 330-200" va "Airbus 330-300" samolyotlarida yuk qatnovlarini amalga oshirmoqda.