«Ko‘p tuman hokimlari tayyor mablag‘ni ishlatishni hali bilmaydi» -Shavkat Mirziyoyev

Prezident tumanlarga Sanoat o‘sishi uchun yangi imkoniyatlar va qo‘shimcha moliyaviy resurslar berilishini ma'lum qildi.
«Eng avvalo, tijorat banklari bilan birga hokimlarni bu pullarni ishlatishga o‘rgatishi kerak. Ko‘p tuman hokimlari tayyor mablag‘ni ishlatishni hali bilmaydi», qo'shimcha qildi Mirziyoyev.
Birinchidan, bank normativlari qayta ko‘rib chiqilib, tijorat banklarida korxonalarga kredit ajratish uchun qo‘shimcha 55 trillion so‘m resurslar ta’minlanadi. Bu – o‘rtacha bitta tumanda 20 million dollarlik investitsiyaga qo‘shimcha resurs, degani.
Shu munosabat bilan har bir tuman bo‘yicha qo‘shimcha loyihalar va ularning «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish, avval ishga tushgan 807 ta loyiha hamda past quvvatda ishlayotgan 271 ta korxonani aylanma mablag‘ bilan ta’minlashga topshiriq berildi.






