Mobil-ID tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi

O’zbekistonda "Elektron hukumat" tizimlariga kirishda shaxsni identifikasiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobil-ID sinov tariqasida ishga tushdi.
Ta’kidlanishicha, endi ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) elektron raqamli imzosiz foydalanishi mumkin.
Buning uchun fuqarolar MyGov mobil ilovasini smartfonga yuklab olishilari va undan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim bo’ladi. Roʻyxatdan oʻtish esa mutlaqo bepul.






