Moderna aksiyalari 14% ga pasaydi

10-dekabr kuni Moderna biotexnologik kompaniyasi aksiyalari 14 foizga tushib ketgan. Shu kundagi aksiyalarning eng past qiymati 233,51 dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 9-dekabrdagi savdolar yakunida 272,21 dollarni tashkil qildi.

Keyin kompaniya aksiyalarini bir qismini qaytarib oldi va Moskva vaqti bilan soat 21:40 ga kelib ular narxi taxminan 5% ga tushib, 258,6 dollarga tushdi.

Kompaniyaning koronavirus vaktsinasida foydalanadigan mRNA texnologiyasiga asoslangan grippga qarshi emlashning birinchi bosqichi haqida hisoboti investorlarga yoqmadi.

Moderna 10 dekabr tadqiqot natijalarini e'lon qildi. Uning ta'kidlashicha, grippga qarshi emlash yosh va keksa yoshdagi odamlarda gripp virusining 29 variantlariga qarshi immunitetning paydo bo'lishiga olib keldi.