Moliya markazi – bu ilgʼor jahon tajribasi

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 2007-yildan buyon xorijiy investitsiyalar oʼsishining 1/3 Xalqaro moliya markazi (XMM) maydonlariga toʼgʼri keladi.

Masalan, London Siti faoliyati hisobidan Buyuk Britaniyaning moliya va turdosh tarmoqlari hissasiga 2020-yilda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari oʼrtasida soliq toʼlovlarining eng katta hajmi – 75,6 mlrd. funt sterlingni tashkil etadi.

Moliya markazi – bu ilgʼor jahon tajribasi, ekspertiza, zamonaviy iqtisodiyot, menejment, texnologik rivojlanish sohasidagi bilim maydoni sanaladi, shu o’rinda, Oʼzbekistonda ham XMM tashkil qilish gʼoyasi mavjud. XMM respublikaning Osiyo va Yevropa mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal etish imkonini beradi.

Mayk Vardalning fikriga koʼra, bugungi kunda moliya olamida barcha barqaror rivojlanish va jadal raqamlashtirishni muhokama qilmoqda va bu borada Oʼzbekiston boshqalarda kuzatilgan xatolarni takrorlamay, barqaror rivojlanishning ilgʼor standartlariga javob beradigan toʼliq raqamli infratuzilmani qurish orqali mavjud markazlardan oldinga oʼtish imkoniyatiga ega.

Butunjahon xalqaro moliya markazlari alyansi boshqaruvchi direktori Yoxen Bidermanning fikriga koʼra, 2030-yilga kelib, xalqaro moliya markazlari “yashil”, raqamli, inklyuziv boʼlib, isteʼdodlarni jalb etish va tayyorlashda muhim rol oʼynaydi.

P.S. 7-8-iyul kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligida “Toshkentda xalqaro moliya markazini tashkil qilish: rivojlanish modeli va faoliyatning eng muhim yoʼnalishlari” sessiyasi doirasida ilgʼor xalqaro ekspertlar, moliyachilar va investorlar uchrashdilar.