Moliya va sugʼurta sohasining YaIMdagi ulushi oshdi

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida moliya va sugʼurta sohasi qoʼshilgan qiymatining yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi ulushi 5,7 % ni tashkil etdi. Ushbu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davrida 4,6 % ni tashkil etgan edi.
Taqqoslash uchun, joriy yilda moliya va sugʼurta sohasining YaIMdagi ulushi oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 % ga oshgan.






