Moliya vazirligi va JP Morgan o‘rtasida videokonferensiya o‘tkazildi

Joriy yilning 22-sentyabr kuni Moliya vazirligida yirik korporatsiyalar, hukumatlar va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatadishda yetakchi bo‘lgan "JP Morgan" moliya holdingi bilan videokonferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda xalqaro investorlar ishtirok etdi.

Unda, Bluebay Asset Management, Aberdeen Asset Managers, NNIP, Barings, Goldman Sachs Asset Management, Pimco Europe, Franklin Templeton, Abu Dabi Investment Authority, Global Evolution, Stone Harbor Investment Partners kabi 30 dan ortiq investitsiya fondlari a’zolari ishtirok etdi.
Moliya vazirligi, tashqi ishlar vazirligi va Markaziy bankning mas’ul xodimlari xalqaro investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sish ko‘rsatkichlarini tanishtirishdi.

Ularga so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, kutilayotgan iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli omillari, fiskal siyosat va davlat qarzlari, pul-kredit siyosati vositalari va ularning inflyatsiyaga ta’siri va boshqalar haqida batafsil ma’lumot berildi.