Moskva haydovchisiz jamoat transportini test rejimida yo‘lga qo‘ymoqchi

Moskva shahrida qator yo‘nalishlarda 2022-yil oxirigacha haydovchisiz taksi va tramvaylar harakati sinovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Bu haqida Rossiyaning “Interfaks” axborot agentligi ma’lumot berdi. Agentlik xabarida qayd etilishicha, Moskvada haydovchisiz harakatlanadigan tramvay sinovi 2022-yilda boshlanadi, yil oxiri – kelgusi yil boshida esa test rejimida ish boshlashi mumkin.
«Interfaks» Rossiya merining o‘rinbosari Maksim Liskutov mazkur loyihani amalga oshirish aniqligi haqida bildirgan fikrlaridan iqtibos keltirgan. Bu loyiha Moskva shahrining transport dasturiga kiritilgan.






