Moskva va Novosibirskdan Samarqandga parvozlar tiklandi

Rossiyaning S7 aviakompaniyasi Moskva va Novosibirskdan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni tikladi. Ma’lum qilinishicha, parvozlar Boeing 737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, parvozlar haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Ma’lumot o’rnida, Moskvaga parvoz davomiyligi 4 soat, Novosibirskka - 3 soat 20 minutni tashkil etadi.