Mryia, dunyodagi eng katta samolyot, rus hujumi natijasida yo'q qilindi

Dunyodagi eng katta samolyot - Ukrainaning Antonov-225 yuk samolyoti Moskva bosqinining to'rtinchi kunida Kiyev tashqarisida Rossiyaning zarbalari natijasida yo'q qilindi, deya Ukrainaning davlatga qarashli "Ukroboronprom" guruhi yakshanba kuni xabar qoldirdi.
"Dunyodagi eng katta samolyot "Mriya" (Orzu) rossiyaliklar tomonidan Kiyev yaqinidagi aerodromda vayron qilingan. Samolyotni qayta tiklaymiz. Kuchli, erkin va demokratik Ukraina haqidagi orzuimizni amalga oshiramiz", - deb Ukraina o’z Twitter akkountida yozib qoldirdi.
Tvit bilan bir qatorda, samolyotning surati ham joylandi va unda “Ular eng kata samolyotni yoqib yuborishgan bo’lsa ham, bizning “Orzuimiz” hech qachon yo’q bo’lib ketmaydi” deya ta'kidlandi.
“Ukroboronprom” qurol ishlab chiqaruvchisi “Mriya”ni qayta tiklash 3 milliard dollardan (2,7 milliard yevro) ko‘proqqa tushishini va bu besh yildan ko‘proq vaqtni olishini taxmin qildi, deb xabar beradi AFP axborot agentligi.
"Rossiya bizning "Mriya"mizni yo'q qilgan bo'lishi mumkin. Lekin ular hech qachon bizning kuchli, erkin va demokratik Yevropa davlati haqidagi orzumizni yo'q qila olmaydi. Biz g'alaba qozonamiz!", - deb yozadi Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba yakshanba kuni tvitterda.
Samolyot dunyoda yagona bo'lib, uzunligi 84 metr (276 fut) va soatiga 850 kilometr (528 milya) tezlikda 250 tonnagacha (551,000 funt) yukni tashishga qodir edi. U "Mriya" deb nomlangan, ya'ni ukraincha "orzu" degan ma'noni anglatadi.
Dastlab Sovet aviatsiya dasturining bir qismi sifatida qurilgan An-225 1988 - yilda birinchi parvozini amalga oshirgan.






