MSK muddatdan oldin saylov jarayoniga oid savollarga oydinlik kiritdi

2021-yilning 5-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʼilishi doirasida jurnalist ishtirokida press-brifing boʼlib oʼtdi.

Maxalliy va xorijiy OАV xodimlari uchun takshil etilgan brifingda qator masalalar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.

Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni – brifing markazidagi mavzulardan biri boʼldi.
Xususan, saylov kodeksining 57-moddasiga muvofiq, saylov kuni oʼz yashash joyida boʼlish imkoniyatiga ega boʼlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega ekanligi, muddatidan oldin ovoz berish saylovga oʼn kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanishi taʼkidlandi.

Shuningdek, shu kungga qadar nechta xorijiy kuzatuvchi va OАV akkreditatsiyadan oʼtkazilgani maʼlum qilindi.

Taʼkidlanganidek, shu kunga qadar jami 224 nafar xalqaro kuzatuvchi roʼyxatdan oʼtkazilgan.
Bundan tashqari brifingda akkreditatsiyadan oʼtgan maxalliy va xorijiy OАVlar soni eʼlon qilindi.
Аkkreditatsiyadan oʼtkazilgan mahalliy OАV xodimlari soni jami -1334 nafarni tashkil qilmoqda, 146 nafar xorijiy OАV xodimi roʼyxatdan oʼtgan.