MSK video tanlovni e'lon qildi

Nominatsiyada g‘olib bo‘lgan ishtirokchi 20 mln so‘m bilan taqdirlanadi.

Markaziy saylov komissiyasi, Oʼzbekiston MTRK, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Xalqaro press-klub hamda“Uzreport” telekanali hamkorligida “Saylov – 2021” videoroliklar tanlovini eʼlon qildi.

Roliklar tanlovining asosiy maqsadi: aholining elektoral madaniyatini oshirishdir.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʼyicha oʼtkaziladi:
- eng yaxshi informatsion rolik;
- eng yaxshi sahnalashtirilgan rolik;
- eng yaxshi animatsion rolik;
- muxlislar eʼtirofi (ijtimoiy tarmoqlar – Facebook va Instagram orqali eng koʼp layk toʼplagan media mahsulotlar).

Har bir nominatsiya boʼyicha gʼolib va sovrindorlarga quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi:
1-oʼrin uchun – 20 mln soʼm;
2-oʼrin uchun – 15 mln soʼm;
3-oʼrin uchun – 10 mln soʼm

Tanlov shartlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.