MSK yangi mobil ilovani ishga tushirdi

Endilikda "Saylov2021" mobil ilovasini nafaqat Google Play tizimi orqali, balki iOS operatsion tizimi orqali ham bepul yuklab olish mumkin.
"Saylov2021" mobil ilovada saylovlarga oid barcha yangiliklar boʼlib, ular kunma-kun yangilanib boradi. Shuningdek, u yerda saylovchi, saylov komissiyasi aʼzosi, kuzatuvchilar, nomzodlar va ularning ishonchli vakillari uchun barcha zarur huquqiy axborotlar mavjud.
Mobil ilovani yuklab oling va muhim siyosiy jarayon yangiliklaridan xabardor boʼling, deyilmoqda MSK xabarida.






