MSKning navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi
30 avgust kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi va unda MSK raisi Z. Nizamxodjayev boshchilik qildi.
Markaziy saylov komissiyasi a’zolari majlis kun tartibidagi birinchi masala – Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi Ekspert guruhlarini tuzish masalasini ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, majlisda Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, majlisda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi MSK qaroriga muvofiq 36 nafar mahalliy OAV vakili ro‘yxatdan o‘tkazildi. Qayd etish joiz, shu kunga qadar akkreditatsiyadan o‘tkazilgan mahalliy OAV vakillari soni 766 nafar, xorijiy OAV vakillari soni 48 nafarni tashkil etmoqda.
Majlis davomida T.Xoldarovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror loyihasi ko‘rib chiqildi. MSK qaroriga binoan Topiboldi Xoldarov vafoti sababli Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarildi.