MSKning navbatdagi yigʼilishi bo‘lib o‘tdi

Unda muddatdan oldin ovoz berish, xalqaro kuzatuvchilar va OAVlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

2021 yil 5-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Qayd etilishicha, muddatidan oldin ovoz berish 2021-yil 14-oktyabrdan 20-oktyabgacha oʼtkaziladi. Ovoz berish vaqti soat mahalliy vaqtlar bilan 9:00 dan soat 20:00 ga qadar davom etadi.

Bundan tashqari, tadbirda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni hamda OAV vakillarini akkreditatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ma’lum qilinishicha, chet ellik kuzatuvchilarning umumiy soni 224 nafarni tashkil etmoqda. Akkreditatsiyadan oʼtkazilgan mahalliy OАV vakillarning soni - 1334 nafarni, xorijiy OAVlardan esa 146 nafarni tashkil etmoqda.