Mudofaa vazirligi sportchilari «Turkistan Marathon-2022» musobaqasida g‘alaba qozondi

Qozog‘istonning Turkiston shahrida “Turkistan Marathon—2022” musobaqasi o‘tkazildi. Unda mezbonlardan tashqari Avstraliya, Ukraina, Qirg‘iz, Fransiya, Rossiya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Tojikiston, Vengriya davlatlaridan tashrif buyurgan atletlar orasida hamyurtlarimiz ham ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egalladilar.

Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi Tamila Qo‘chqorova kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida 21.1 km masofada kechgan yarim marafon dasturida yana bir iqtidorli sportchimiz kichik serjant Shohruh Davlatov shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.