Munosib ko'rsatkich: O'zbekiston taekvondochilari medallar bilan qaytishdi

10-12 mart kunlari Turkiyada taekvondo bo'yicha "Turkish Open" xalqaro turniri bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada 17 taekvondochi O'zbekiston nomidan ishtirok etdi.

Vakillarimiz 3 ta oltin va 5 ta bronza medallarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Bu esa o’z navbatida, jamoaviy tasnifda uchinchi o'rinni egallashimizni ta'minlab berdi, deya xabar beradi Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Vatanimiz "qahramonlarini" Taekvondo WT assotsiatsiyasi rahbariyati, sportchilarning oila a'zolari va do'stlari, OAV vakillari tantanali ravishda kutib oldilar.