Muntazam hamkorlik - yuqori natijalar poydevori

Bright Uzbekistan loyihasining davomiy hamkorlaridan sanalgan BMB Trade Group kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulovga jurnalning yangi soni taqdim etildi.

Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev, BMB Trade Group kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida ikkinchi son borasida mulohazalar olib borilib, sifat va mazmun jihatdan boy bo'lganligi qayd etildi. Shuningdek, B. Mamatqulov Turkiyaning yuqori darajali vazirlari bilan bo'lgan suhbatlar jurnalni yuqori statusga egaligini ko'rsatkichi deya ta'kidladi.

Muloqot so'nggida tomonlar kelgusi sonlarda ham hamkorlik qilish masalalarini ko'rib chiqdilar.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunda BMB Trade Group kompaniyasida 5 mingdan ziyod hodim ish yuritadi. 2022 yil holatiga ko‘ra 70 ming mavsumiy hodimlar ish bilan ta’minlangan.

Kompaniya tarkibida 28 ta korxona bo‘lib, 23 tasi sho‘ba va 5 tasi qo‘shma korxonadir, umumiy qiymati 35 mln dollardan oshiq maxsulot eksport qilingan. Bu ko‘rsatkichlarning barchasiga 6 yil davomida erishilgan. Bugun BMB Trade Group kompaniyasi 6 yoshda. Qolaversa, Davron Abdullaev, BMB Trade Group kompaniyasining Kuzatuv kengashi a'zosi hisoblanadi.