Muqobil energiya uskunasini oʼrnatgan aholi va tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha yangi tizim joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʼilishi bo’lib o’tmoqda.
Prezident muqobil energiya uskunasini oʼrnatgan aholi va tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha mutlaqo yangi tizim joriy etilishini taʼkidladi.
Bunda, aholi va tadbirkorlarga:
oʼrnatilgan quyosh va shamol elektr uskunalari uchun quvvatiga qarab 15 million soʼmgacha, suv isitish qurilmasi uchun esa 2 million soʼmgacha kompensatsiya toʼlanadi;
yoki uskuna qiymatini 3 yil ichida foizsiz boʼlib-boʼlib toʼlash imkoniyati yaratiladi.
Ushbu tizim Energetika vazirligining maxsus jamgʼarmasi orqali joriy etilishi belgilandi.






