Murojaatlarning 42% dan ortig'i kreditlash sohasiga to'g'ri keladi

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan uchrashuviga tayyorgarlikning jarayoni, kreditlash, yer va binolardan foydalanish, xususiy mulkni huquqiy himoya qilish, shuningdek, soliq, bojxona, imtiyoz va preferensiyalar masalalari muhokama qilindi.

Bugungi holat bo'yicha 13,5 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo'lib, ularning 12 mingdan ortig'i alohida tus olgan. Murojaatlarning yarmidan ko'pi tezda hal qilindi.

Qayd etilganidek, yil boshidan buyon berilgan kreditlar hajmi 35 foizga oshdi va 92 trillion so'mni tashkil etdi.

Yer va binolardan foydalanish bo'yicha ko'plab murojaatlardan kelib chiqqan holda, joriy yilning 1 sentabridan boshlab kimoshdi savdosiga qo'yiladigan yer uchastkalari va binolar ro'yxatini shakllantirish uchun ishchi guruh tuzish rejalashtirildi.

Yig'ilish yakunida davlat rahbari mutasaddilarga har bir murojaatni nazoratga olish va hal etish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.