Mustahkam binolar bunyodkorlari kasb bayramingiz muborak bo’lsin!

Quruvchilar kuni munosabati bilan AKFA Group bosh direktori Kamran Gulamov barcha soha vakillarini kasb bayrami bilan qutladi.
“Bunyodkor mehnatingizga insonlar hayotining sifati, iqtisodiyotning jadal rivoji va taraqqiy etishi bog‘liq. Siz qilgan ishlar natijasida mamlakatimiz tobora chiroy ochmoqda, shaharlar va hududlar yangilanmoqda.
⠀
Siz O‘zbekiston taraqqiyoti va farovonligiga ulkan hissa qo‘shasiz. Barchangizni kasb bayramingiz — Quruvchilar kuni bilan chin qalbdan tabriklayman! Sizga o‘z kuchingizga mustahkam ishonch va ravnaq tilayman!”,- deya qayd etadi Kamran Gulamov o’z sahifasida.






