Mustahkam strategik hamkorlik!

"Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev hamda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidikov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ma'lumki, "Bright Uzbekistan" loyihasi mamlakatimizning qator vazirliklari va nufuzli tashkilotlari bilan samarali hamkorlik munosabatlarini o'rnatib kelmoqda. Shu o'rinda, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ham loyiha faoliyati davomida samarali ko'mak ko'rsatayotgan yetakchi strategik hamkor sanaladi.

Tez kunlarda Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikdagi yangi rejalar amalga oshiriladi.

"Bright Uzbekistan" jamoasi O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga jurnalning ilk sonini xorij elchixonalariga yetkazishdagi amaliy ko'magi va ishonchli hamkorligi uchun o'z minnatdorchiligini bildiradi!