Mustaqillik bayram tadbiri munosabati bilan bugun Toshkentning ayrim ko'chalari yopiladi

Joriy yilning 31-avgust kuni O‘zbekiston davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu sababli poytaxtning Yangi O‘zbekiston, Mahtumquli, Tabarruk va Cho‘lpon ko‘chalarida soat 18.00 dan 24.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.
YHXB boshqarmasi yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilinmoqda.






