Mustaqillik kuni munosabati bilan Tolibondan tabrik

Tolibon siyosiy idorasi matbuot kotibi Muhammad Suxayl Shahin "Tolibon" rahbariyati nomidan O'zbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik yo'lladi.
Tolibon o'z qutlovida "qo'shni O'zbekiston bilan samarali va do'stona munosabatlar" barpo etish istagini alohida ta'kidlab o'tdi.
Shuningdek, Afg'onistonda temir yo'llar va elektr uzatish tarmoqlarini qurish bilan bog'liq qo'shma infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdor ekanini qayd etdilar. Ular ushbu rejalarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan har qanday yordam va ko'mak berishga tayyor ekanliklarini ta'kidladilar.
Tashqi ishlar vazirligida qayd etilganidek, mazkur xabar Afg'onistonning hozirgi rahbariyati O'zbekiston tinchlik jarayonini ilgari surishdagi muhim rolini e'tirof etayotganini tan ogani haqida dalolat beradi.






