Mustaqillikning 30 yilligiga bag'ishlangan diniy-ma'rifiy nashrlar taqdimoti

2021 yil 25 avgustda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston islom akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan diniy-ma’rifiy sohada olib borilgan ishlar hamda Istiqlolning 30 yilligiga bag‘ishlangan diniy-ma’rifiy nashrlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning ochilishida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov so‘nggi yillarda Islom sivilizatsiyasi markazi jamoasi tomonidan diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot va noshirlik ishlari, shuningdek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati haqida so‘zladi.

Tadbirda O‘zbekiston islom akademiyasi tomonidan Majduddin Muhammad Ustrushaniyning “Jomi’ ahkom as-sig‘or” asari taqdimoti va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan Abu Mansur Moturidiy “Ta’vilot al-Qur’on” asari 30-juzi, Imom Buxoriy “Sulosiyotul Buxoriy” kitobi va boshqa kitoblarni taqdimoti bo'lib o'tdi.