Musulmon davlatlar yetakchilari o'zbek xalqiga Ramazon oyi tabriklarini yo'llashdi

Tabriknomalarda xorijiy hamkorlar mamlakat yetakchisi va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga o‘zining chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va ravnaq yo‘lida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
• Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
• Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Kengashi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
• Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
• Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
• Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;
• Birlashgan Arab Respublikasi Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
• Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
• Quvayt Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Taniy;
• Quvayt Davlati Amirining o‘rinbosari Abdulloh bin Hamad Ol Taniy;
• Iordaniya Podshohi Abdulla II;
• Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
• Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
• Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
• Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qayd etilishicha, qutlovlar kelishda davom etmoqda.






