Muzaffar Djalalovga Bright Uzbekistan jurnali taqdim etildi

Xabaringiz bor, uzoq kutilgan Bright Uzbekistan jurnali chop etildi va o'quvchilarimiz qo'llariga yetkazilmoqda. Shu o'rinda, loyihamiz qahramonlaridan biri, Toshkentdagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalovga ham jurnalni taqdim etdik.

Jurnal sahifalaridan o'rin olgan Muzaffar Djalalovning intervyusida, Universitet tarixi, istiqbollari hamda yurtimizdagi oliy ta'limning kechasi va ertasi haqida so'z borgan. Shuningdek, intervyuning video shaklini Youtube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.