Muzokaralarning yangi bosqichi

Avval habar berganimizdek, Bright Uzbekistan jamoasi «Wellmore Hotel Development» kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik bo'yicha muzokaralar olib borgan edi. Endilikda, suxbatlarning yangi bosqishi o'laroq, kompaniya rahbari Baxtiyor Qoraxo'jayev bilan uchrashuv olib borildi!

Uchrashuv doirasida mehmonlarga "Bright Uzbekistan" loyihasi taqdim etildi hamda uning asosiy maqsad va vazifalar yoritildi. Loyiha taqdimotidan tashqari, yanada samarali hamkorlik qilish imkoniyati ko'rib chiqildi. Wellmore Hotel Development jamoasi ham o'zaro hamkorlikka qiziqish bildirdi. Uchrashuv iliq va do'stona muhitda bo'lib o'tdi.