MyID tizimi Prezident maktablari imtihonlarida muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi

UZINFOCOM Birlashgan Integratori tomonidan ishlab chiqilgan MyID biometrik raqamli identifikatsiya tizimi Prezident maktablariga kirish imtihonlarida muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi.

Tizimning asosiy afzalligi - arizada ko'rsatilgan fotosurat bilan nomzodning yuzini solishtirish. Ushbu tizim yordamida 100 ming nomzod osonlikcha qayta ishlandi.

MyID tizimi allaqachon bank sohasida muvaffaqiyatli qo'llanilgan va 40 mingdan ortiq foydalanuvchiga ega.