Namanganda Germaniyaning Hugo Boss brendidagi kiyimlar ishlab chiqarlmoqda

Namangan viloyatida “Fazman tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati Germaniyaning “Hugo boss” kompaniyasi koʻmagida Yevropa standartiga mos tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Qiymati 40 million AQSH dollariga teng bo’lgan mazkur loyiha toʻliq ishga tushgach, 3000 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Korxonaning ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etdi. Loyihani amalga oshirish uchun Germaniya va Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirilib, o‘rnatildi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 million dona tayyor mahsulot, yillik eksport hajmi esa 15 million dollarni tashkil etadi.
Korxonada klassik kostyumlar, shuningdek, Hugo Boss brendi ostida erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari ishlab chiqariladi.
P.S. Hozirgi kunda Namanganda Germaniyaning “Waikiki”, Turkiyaning ”Baldessarini”, Ispaniyaning Zara” singari mashhur kompaniyalari bilan hamkorlikda tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgan.






