Namanganda turizm qishlog‘i barpo etiladi

Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Nanay” qishlog‘i turizm qishlog‘iga aylantirilmoqda. Unda 400 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish, 2023-2024-yillarda hunarmandchilik markazi, 2023–2025-yillarda esa selfi hududlari, 7 ta avtoturargoh, 10 ta yirik dam olish maskanlari qurilishi rejalashtirilgan.
Bu viloyat hokimining 2023–2024-yillarda turizm salohiyatini jadal rivojlantirish to‘g‘risidagi qaroriga asosan amalga oshirilmoqda. Ta'kidlash joizki, "Nanay" qishlogʻi turizm salohiyati yuqori qishloqlardan biri hisoblanadi.
U bir vaqtning oʻzida 2500 nafar sayyohni qabul qila oladi. Shundan 150 ta uy mehmonxonasi 1500 ta sayyohga, boshqa dam olish maskanlari esa 1000 ta sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega.
Qayd etilishicha, ayni damda “Nanay” qishlog’ida qo‘shimcha turizm turlari va xizmatlarini rivojlantirish maqsadida ekstremal turizm, sport va otda sayr xizmati, 10 ta ovqatlanish shoxobchasi, 10 dan ko‘p savdo nuqtasi tashkil etilgan.
Bundan tashqari, qishloqda 150 dan ortiq oilaviy mehmon uyi, 20 ga yaqin gastronomik xonadon, shuningdek, hunarmand (uy) faoliyati yo‘lga qo‘yish hamda infratuzilamalarni yaxshilash belgilangan.






