NASA oy tadqiqotlariga tayyorgarlik boshladi

2025 – yilda bo’lishi kutilayotgan tadqiqot uchun NASA astronavtlari suv ostida tayyorgarlik olib borishmoqda.
G‘avvoslar astronavtlarga Oydagi navbatdagi missiyaga tayyorgarlik jarayonlarida yordam berishmoqda. AQShning Texas shtatidagi o‘ta chuqur suzish havzasida maxsus sharoitlar sinovdan o‘tkazilmoqda.
NASA 2025 - yilda Artemida missiyasi doirasida odamlarni Oyga qaytarishni maqsad qilgan.
Hech qanday chiroqlar bo’lmagan muhit kosmonavt Oyning janubiy qutbida nimani boshdan kechirishi mumkinligini ko’rsatib beradi.
Ushbu tadqiqot suv havzasi taxminan 12 metr chuqurlikda bo'lib, astronavtlarga Oy yuzasiga o'xshash muhitda mashq qilish imkonini beradi.
Ilgari astronavtlar Quyosh nuri tushib turadigan Oy ekvatoriga yaqin hududni tadqiq qilishgan edi.
Biroq, bu safar kosmonavtlar Oyning janubiy qutbini, olimlarning fikricha, suv muzlari bo'lishi mumkin bo'lgan qorong'u hududlarini o'rganishadi.






