NASA Oyga parvoz qiladigan toʻrt astronavt nomini eʼlon qildi

AQSh Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) Oyga parvoz qiladigan astronavtlar nomini e’lon qildi. Unga koʻra, “Artemida II” deb nomlangan missiya tarkibidan to‘rt kishi — Kristina Kox, Rid Uayzman, Jyeremi Xansen va Viktor Glover joy olgan.
NASAning taʼkidlashicha, bu missiya soʻnggi 50 yil ichida Oyga qilinayotgan birinchi parvoz hisoblanadi. Missiya tarkibida ilk bor ayol, afro-amerikalik va kanadalik ishtirok etadi.
Parvoz 2024-yilning oxiri yoki 2025-yilning boshlariga rejalashtirilgan. “Artemida II”ning 10 kunlik parvozi doirasida Oyga qo‘nish ko‘zda tutilmagan, biroq NASA ta’kidlashicha, ekipaj kelajakdagi missiyalar uchun Yer sun’iy yo‘ldoshi yuzasiga qo‘nishga yo‘l ochadi.
2025-yilda esa Oyga “Artemida III” missiyasisini yuborish rejalashtirilmoqda. Missiya davomida kosmonavtlar Oy yuzasiga qoʻnishi kerak boʻladi.






