NASA Xalqaro kosmik stansiyani 2031-yilga borib Tinch okeaniga qulatmoqchi

NASA Xalqaro kosmik stansiyani 2030 - yil oxirigacha saqlab qolish niyatida. Shundan soʻng, uning kelajagini belgilovchi yangi rejalarga koʻra, XKS Tinch okeanining “Point Nemo” deb nomlanuvchi chekka qismiga qulab tushiriladi.
2000 - yilda ishga tushirilgan kosmik laboratoriya Yerdan 227 dengiz milya orbitasini aylanib chiqishga muvaffaq bo’ldi. Bortda 19 ta mamlakatdan 200 dan ortiq astronavtlar faoliyat olib bordilar.
NASA tijorat maqsadlarida boshqariladigan kosmik platformalar hamkorlik va ilmiy tadqiqotlar uchun joy sifatida XKS o‘rnini egallashini aytib o’tdi.
"Biz Kongressga taqdim etgan hisobotda 2030 - yilda Xalqaro kosmik stansiya ish faoliyatini yakunlagandan so'ng tijorat yo'nalishlariga muammosiz o'tishni ta'minlash bo'yicha keng qamrovli rejalar batafsil tavsiflangan" deydi NASA shtab-kvartirasi tijorat maydoni direktori Fil Makalister.
Jyul Vernning "Dengiz ostidagi yigirma ming liga" romanidagi suv osti matrosi nomi bilan atalgan “Nemo nuqtasi” okeandagi quruqlikdan eng uzoqda joylashgan va boshqa ko'plab kosmik kemalar uchun “suvli qabr” hisoblanadigan nuqtadir.
Bu hudud Yangi Zelandiyaning sharqiy qirg‘oqlaridan taxminan 3000 mil uzoqlikda va Antarktidadan 2000 mil shimolda joylashgan. AQSh, Rossiya, Yaponiya va Yevropa davlatlari 1971 - yildan beri bu yerda 263 dan ortiq kosmik vayronalarni cho‘ktirgani statistik hisoblarda qayd etilgan.
Hisobotda aytilishicha, XKS "atmosferaga xavfsiz kirishni" ta'minlaydigan harakatlarni amalga oshiradi.






