NASA Yer Quyoshdan uzoqlashayotganini ma’lum qildi

Kaliforniya universiteti astronomi Brayan DiJorjio Yer Quyoshdan asta-sekin uzoqlashayotganini aytib, bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.

O‘rtacha hisobda Yerning Quyosh sistemasining markazigacha bo‘lgan masofasi taxminan 150 million kilometrni tashkil qiladi.

Biroq, yil davomida u 147 million kilometrdan 152 million kilometrgacha o‘zgarib turadi. Astronom Brayan DiJorjioning fikricha, masofa Quyosh asta-sekin o‘z massasini yo‘qotayotgani tufayli o‘zgarib bormoqda.

Tadqiqotchining fikricha, Quyoshning tortishish kuchi zaiflashib, Yer yiliga undan 6 santimetr uzoqlasha boshlaydi.

Hozircha bu haqda tashvishlanishning hojati yo‘q, ammo samoviy jismlar orasidagi masofaning oshishi iqlimga ta’sir qiladi. Ya’ni, Yer aholisi Quyosh nurini kamroq qabul qila boshlaydi. Ammo bu keskin sezilishi uchun millionlab yillar kerak bo‘ladi.