Natasha Pirs-Musar Sloveniyaning birinchi ayol prezidenti bo‘ldi

Sloveniyadagi prezident saylovlarida partiyasiz nomzod, 54 yoshli yurist va huquq himoyachisi Natasha Pirs-Musar g‘olib chiqib, mamlakatda davlat rahbari lavozimidagi ilk ayol kishiga aylandi.
Byulletenlarning 99,99 foizi hisoblab chiqilganidan keyin ma’lum bo‘lishicha, unga saylovchilarning 53,86 foizi ovoz bergan. Uning raqibi — sobiq tashqi ishlar vaziri Anje Logar o‘z mag‘lubiyatini tan oldi, u 46,14 foiz ovozni qo‘lga kiritgan.
Natasha Pirs-Musar AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning rafiqasi — Melaniya Trampning advokati bo‘lgan, xususan Sloveniyaning Suzy nashri u haqda maqola chiqarganidan keyin ushbu mamlakatda uning manfaatlariga vakillik qilgan. Maqolada AQSH sobiq birinchi xonimi 90-yillarda Nyu-Yorkda Paolo Zampolli model agentligida ishlagani, u esa “badavlat mijozlar uchun eskort agentlik sifatida faoliyat yuritgani” haqida yozgan edi.
Bundan tashqari, Edvard Snouden tomonidan Yevroittifoq fuqarolari ma’lumotlari qonunga zid ravishda ishlatilayotgani fosh qilinganidan keyin, Pirs-Musar AQSH bilan muzokaralar olib borgan Yevroittifoq delegatsiyasi a’zosi bo‘lgan.






