NАTO: Rossiya juda yuqori iqtisodiy va siyosiy tovon toʼlaydi

Ma’lumotlarga ko’ra, Nato yetakchilari Ukrainadagi vaziyat boʼyicha favqulodda sammit oʼtkazadi.

BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralovchi rezolyutsiya qabul qilmoqchi.

Yevropa Ittifoqi yetakchilari esa favqulodda sammit oʼtkazib, unda Ukrainadagi harbiy amaliyot tufayli Rossiyaga qarshi shaxsiy va iqtisodiy sanksiyalarning ikkinchi paketini maʼqulladilar.

Shuningdek, ma’lumotlarga ko’ra;

Nomaʼlum shaxslar Rossiyaga qarshi kiberurush boshladi;
Ukraina prezidenti halok boʼlganlar haqida maʼlumot berdi;
NАTO Rossiya "juda yuqori iqtisodiy va siyosiy tovon toʼlaydi" deb vaʼda berdi

Yevropa davlatlari va Yaponiya rossiyaliklar uchun viza berishni toʼxtata boshladi;

Ukraina harbiylari kun davomida (24.02.22) Rossiya armiyasining 30 ta tanki, 130 ta zirhli texnikasi, 5 ta samolyoti va 6 ta vertolyotini yoʼq qildi.