Navbat Netflixga: Kompaniya Rossiya bilan aloqani uzdi

Streaming giganti hisoblangan Netflix Rossiyadagi bo'lajak barcha loyihalar va xaridlarni to'xtatganini e'lon qildi.
Kompaniya Ukrainaga joriy bosqinning ta'sirini baholayotganini ta’kidladi.
Rus tilidagi "Zato" serialini suratga olish ishlari ham o’z navbatida to'xtatiladi.
Bulutli hisoblash kompaniyasi Oracle ham Rossiyadagi faoliyatini to'xtatganini aytdi.
Bu ikki kompaniya Ukraina shaharlariga hujumlar kuchayganligi sababli Rossiyaga qarshi chora ko‘rgan AQShning eng so‘nggi texnologik firmalaridir.
Seshanba kuni Apple ham Rossiyada sotuvlarni to'xtatayotganini ochiqlagan edi.
So'nggi kunlarda Shell, Nike, H&M va Boeing kabi global brendlar Rossiyadan aloqalarini uzdi yoki vaqtincha savdoni to'xtatib qo’ydi.






