Navbatdagi yalpi majlisining o'tkazilish sanasi belgilandi

Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisi 2022-yilning 3-fevralida Senat Raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida bo'lib o'tadi.

Yurtimizda pandemiya bilan bogʼliq vaziyat keskinlashgani bois Senat kengashining navbatdagi majlisi onlayn tarzda tashkil etiladi.

Navbatdagi yalpi majlisda, “Geografik koʼrsatkichlar toʼgʼrisida”gi, “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi, “Favqulodda holat toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʼshimchalar va oʼzgartish kiritish haqida”gi va “Moddiy madaniy meros obʼektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi qonunlar muhokama etiladi.

Bundan tashqari, senatorlar “Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigienasi toʼgʼrisidagi 167-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1988 yil 20 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi va “MDH ishtirokchi-davlatlarining soxta tovar belgilari va geografik koʼrsatkichlardan foydalanishning oldini olish va unga chek qoʼyish boʼyicha hamkorligi toʼgʼrisidagi Bitimni (Minsk, 2021 yil 28 may) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlarni koʼrib chiqadilar.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Koreya Respublikasi Milliy Аssambleyasi bilan hamkorlik boʼyicha komissiyasini tashkil etish toʼgʼrisidagi masala yuzasidan Senat Raisi birinchi oʼrinbosarining maʼruzasi tinglanadi.

Yalpi majlis ikki kun davomida onlayn tarzda oʼtkaziladi.