Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatining 2021-yil yakunlari

2021-yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan 54,2 trillion so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Investitsiya dasturi bo'yicha 621,1 million dollarlik mablag'lar o'zlashtirilib, 3,4 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 442,2 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi bo'yicha qiymati 4,2 trln.so'mdan ortiq mahsulot sotib olindi.

Ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish bo'yicha chora-tadbirlar kompleksining ko'rsatkichlari 103,4 foizga bajarildi, bu esa mahsulot tannarxini 1,1 trillion so'mga yoki 6,7% foizga kamaytirishga yordam berdi.

NKMKning 2021-yil uchun kutilayotgan sof daromadi esa 11,3 trln so'mni tashkil etadi.