Navoiy viloyatida 500 Mvt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi quriladi

31 avgust kuni, Hilton Tashkent City mehmonhonasida O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashabbusi bilan “Masdar” (BAA) korxonasining Navoiy viloyatida 500 Mvt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiyaviy loyihaninig moliyaviy shartnomalarini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.