«Navoiyazot» Аksiyadorlik jamiyati Bright Uzbekistan nigohida

Ayni kunlarda Bright Uzbekistan xalqaro axborot portali a’zolari Navoiy viloyatida ijodiy safarda bo’lib turibdi. Safardan ko’zlangan maqsad esa, 10 000 dan ortiq xodim, 70 dan ortiq kimyoviy mahsulotlar, 60 yillik tarixga ega hamda Oʼzbeksitonda kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishda 30% dan ortiq ulushga ega “Navoiyazot” Аksiyadorlik jamiyati faoliyatini o’rganishdan iborat.
Tashrif davomida loyihamiz a’zolari “Nаvoiyаzot” Aksiyadorlik jаmiyatining tashkil etilish tarixi, uning faoliyati va ish jarayonlari bilan tanishgan holda, kuzatuvchilarimiz e’tiboriga yangi formatdagi videoreportajni taqdim etadilar.
Ma’lumot o’rnida, “Nаvoiyаzot” Aksiyadorlik jаmiyati — Oʼzbekistondagi yirik kimyo sanoati korxonasi hisoblanib, “Oʼzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Korxonada mineral oʼgʼitlar, nitron tolasi, sirka kislotasi, tiomochevina, xlor va xlor mahsulotlari, kaustik soda kabi mahsulotlar hamda 70 dan ortiq turdagi organik va noorganik kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqariladi.






