Navoiyda qorako‘lchilik va kavrakchilik klasterlarining faoliyati tahlil qilindi

Viloyat klasterlari boʼyicha bugungi kunga qadar jami 201 ming АQSh dollariga mahsulotlar eksport qilingan.
Respublika «Yaylov xoʼjaligini rivojlantirish» uyushmasining ishchi guruhi Navoiyning qorakoʼlchilik va kavrakchilik klasterlari hamda qorakoʼlchilik naslchilik jamiyatlari faoliyatini tahlil qilishdi.
Unda klasterlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ish jarayoni bilan tanishish, yuzaga kelgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf qilish jarayonlari kuzatildi.
Navoiy viloyati qorakoʼlchilik klasterlariga joriy yilda jami 7mln АQSh dollari, shundan joriy yilning 3-choragida 2,09 mln АQSh dollari miqdorida mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilgan.
Viloyat klasterlari boʼyicha bugungi kunga qadar jami 201 ming АQSh dollariga mahsulotlar eksport qilingan.
Viloyat klasterlari boʼyicha jami 47 ta investitsion loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʼlib, shundan shu kungacha 19-ta loyihalar toʼliq yakunlangan.
Tanqidiy tahliliy ruhda oʼtgan yigʼilishda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarga toʼgʼonoq boʼlayotgan, hozirgi kun ruhida oʼz ish faoliyatini yoʼlga qoʼyolmayotgan «Baymurat chorva klaster» MChJning ish faoliyati qoniqarsiz deb topildi.
Muhokama davomida Respublika «Yaylov xoʼjaligini rivojlantirish» uyushmasi raisi har bir loyiha boʼyicha qilinayotgan ishlarga toʼxtalib, yoʼl qoʼyilgan xato va kamchiliklar boʼyicha tegishli tavsiyalar berdi.






