Navoiydagi qurilish mollari savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi

Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 10-aprelga o‘tar kechasi Navoiy viloyati Karmana tuman FVB dispetcherlik xizmatiga soat 23:03 da Karmana tumani I. Karimov ko‘chasida joylashgan 3 qavatli qurilish mollari savdo markazida yong‘in boʻlayotgani to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.
Natijada, FVBdan 14 yong‘in qutqaruv ekipaji jalb qilingan va ular voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan.
800 kvadrat metrga ega bo‘lgan savdo do‘konidagi yong‘in soat 01:59 da bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.






